Qabul qilish tartibi
Prezident maktablariga 4-sinfni tamomlagan o'quvchilar qabul qilinadi.
1. O'quvchilarning tegishli o'quv yili natijasiga ko'ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi yoki QR kodli elektron varianti
2. O'quvchining oxirgi 2 oyda tushgan fotosurati
3. O'quvchining tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi, ota-onasi yoki qonuniy vakilining pasport ma'lumotlari va telefon raqamlari
4. Imtihon shartlari va talablariga oid onlayn oferta ota-ona yoki qonuniy vakil tomonidan tasdiqlanadi
5. O'quvchilarga hujjat topshirish jarayonida hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablardan yana birini qo'shimcha tanlash imkoniyati beriladi
Birinchi bosqich
- Matematika fanidan — 30 ta test; masalalar murakkablik darajasiga qarab uch toifaga (yengil, o'rta va qiyin darajaga) bo'linadi.
- Birinchi bosqich natijasiga ko'ra qabul kvotasida belgilangan har bir o'ringa 20 nafar hisobidan (har bir maktabda jami 480 nafar) maksimal ball to'plagan o'quvchilarga ikkinchi bosqichda ishtirok etishga ruxsat etiladi.
Ikkinchi bosqich
- Matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo'yicha — 40 ta test
- Ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) — 40 ta test
1. Kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida Agentlikning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.
2. Kirish imtihonlari natijalari qayta ko'rib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari bo'yicha imtihon materiallari o'quvchilarga taqdim etilmaydi.