Qabul qilish tartibi
Ixtisoslashtirilgan maktablarga belgilangan kvota doirasida tegishli sinfni tamomlagan o'quvchilar qabul qilinadi.
1. O'quvchining oxirgi 2 oyda tushgan fotosurati
2. O'quvchining tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi, ota-onasi yoki qonuniy vakilining pasport ma'lumotlari va telefon raqamlari
3. Imtihon shartlari va talablariga oid onlayn oferta ota-ona yoki qonuniy vakil tomonidan tasdiqlanadi
4. O'quvchilarga hujjat topshirish jarayonida hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablardan yana birini qo'shimcha tanlash imkoniyati beriladi
Aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha
- 5-, 6-, 7-sinflar uchun: matematika fanidan — 30 ta test; ingliz tili fanidan — 15 ta test.
- 8-, 9-, 10-sinflar uchun: algebra fanidan — 12 ta test; geometriya fanidan — 8 ta test; fizika fanidan — 10 ta test; ingliz tili fanidan — 15 ta test.
Tabiiy fanlar yo'nalishi bo'yicha
- 7-sinflar uchun: tabiiy (science) fandan — 30 ta test; ingliz tili fanidan — 15 ta test.
- 8-, 9-, 10-sinflar uchun: biologiya fanidan — 10 ta test; kimyo fanidan — 20 ta test; ingliz tili fanidan — 15 ta test.
1. Kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida Agentlik va ixtisoslashtirilgan maktablarning rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinadi.
2. O'quvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo'lgan taqdirda natija e'lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.