Qabul qilish tartibi
Muhandislik maktablariga belgilangan kvota doirasida tegishli sinfni tamomlagan o'quvchilar qabul qilinadi.
1
bosqich
Hujjatlar onlayn tarzda ariza.piima.uz veb-sayti va my.gov.uz portali orqali qabul komissiyasiga topshiriladi
1. O'quvchining oxirgi 2 oyda tushgan fotosurati
2. O'quvchining tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi, ota-onasi yoki qonuniy vakilining pasport ma'lumotlari va telefon raqamlari
3. Imtihon shartlari va talablariga oid onlayn oferta ota-ona yoki qonuniy vakil tomonidan tasdiqlanadi
2
bosqich
Imtihon bosqichlari
Kirish imtihoni bir bosqichda quyidagi fanlardan o'tkaziladi
- 7-sinf uchun: matematika fanidan — 30 ta test; ingliz tili fanidan — 15 ta test.
- 8-, 9-, 10-sinflar uchun: algebra fanidan — 12 ta test; geometriya fanidan — 8 ta test; fizika fanidan — 10 ta test; ingliz tili fanidan — 15 ta test.
3
bosqich
Nomzodlarning umumiy ballari bo'yicha ro'yxatini e'lon qilish
1. Kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida Agentlik va ixtisoslashtirilgan maktablarning rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinadi.
2. O'quvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo'lgan taqdirda natija e'lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.