Qabul qilish tartibi

Sport maktablariga belgilangan kvota doirasida tegishli sinfni tamomlagan o'quvchilar qabul qilinadi.

1
bosqich
Hujjatlar onlayn tarzda ariza.piima.uz veb-sayti va my.gov.uz portali orqali qabul komissiyasiga topshiriladi

1. O'quvchining oxirgi 2 oyda tushgan fotosurati

2. O'quvchining tug'ilganlik haqida guvohnomasi (mavjud bo'lsa, ID-kartasi) va uning ota-onasi yoki qonuniy vakili fuqarolik pasporti (ID-kartasi) ma'lumotlari, bog'lanish uchun telefon raqamlari

3. 086-U shaklidagi tibbiy ma'lumotnoma

4. Sport razryadi yoki unvonini tasdiqlovchi hujjatning hamda sport razryadi yoki unvoni tasdiqlanganligi to'g'risidagi buyruqdan ko'chirma nusxalari

5. O'zbekiston chempionati va kuboklarida qabul yili va undan oldingi bir yil davomida g'olib va sovrindor bo'lganini tasdiqlovchi diplom

6. Imtihon shartlari va talablariga oid onlayn oferta ota-ona yoki qonuniy vakil tomonidan tasdiqlanadi. Sport razryadi, unvoni yoki musobaqalardagi yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar topshirish jarayonida taqdim etilmasa, inobatga olinmaydi. Qabul komissiyasi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa hujjatlar ham talab etilishi mumkin.

2
bosqich
Imtihon bosqichlari

Birinchi bosqich

  • Birinchi bosqich — kasbiy (ijodiy) imtihonlar quyidagi 2 turda o'tkaziladi:
  • Umumjismoniy tayyorgarlik — jami 30 ball
  • Texnik-taktik tayyorgarlik — jami 70 ball

Ikkinchi bosqich

  • 5—11-sinflar uchun: psixologik test 15 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo'yicha 20 ta test, jami 35 ta test topshirig'i beriladi.
  • Har bir to'g'ri belgilangan test topshirig'iga 1 balldan, jami 35 ball beriladi.
3
bosqich
Nomzodlarning umumiy ballari bo'yicha ro'yxatini e'lon qilish

1. Kirish imtihonlarining yakuniy natijalari test sinovlari o'tkazilgan kundan keyin yigirma kun ichida Agentlikning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.

2. O'quvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo'lgan taqdirda, har bir bosqich natijasi e'lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.