Qabul qilish tartibi

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga 8-sinfni tamomlagan o'quvchilar qabul qilinadi.

1
bosqich
Hujjatlar onlayn tarzda ariza.piima.uz veb-sayti va my.gov.uz portali orqali qabul komissiyasiga topshiriladi

1. O'quvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati

2. O'quvchining tug'ilganlik to'g'risida guvohnomasi

3. O'quvchining ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti yoki ID kartasi ma'lumotlari, bog'lanish uchun mobil telefon raqamlari

4. Imtihon shartlari va talablariga oid onlayn oferta ota-ona yoki qonuniy vakil tomonidan tasdiqlanadi

2
bosqich
Imtihon bosqichlari

1-bosqich. Saralash imtihoni

  • 1-yo'nalish: Ingliz tili fanidan 25 ta test, Matematika fanidan 20 ta test, Fizika fanidan 15 ta test
  • 2-yo'nalish: Ingliz tili fanidan 25 ta test, Kimyo fanidan 20 ta test, Biologiya fanidan 15 ta test

2-bosqich. Kirish imtihoni

  • 1-yo'nalish: Ingliz tili fanidan 15 ta test, Suhbat (15 daqiqa), 250 ta so'zdan iborat insho (Essay), Matematika fanidan 5 ta masala, Fizika fanidan 3 ta masala
  • 2-yo'nalish: Ingliz tili fanidan 15 ta test, Suhbat (15 daqiqa), 250 ta so'zdan iborat insho (Essay), Kimyo fanidan 5 ta masala, Biologiya fanidan 3 ta masala
3
bosqich
Nomzodlarning umumiy ballari bo'yicha ro'yxatini e'lon qilish

1. Saralash imtihoni hamda kirish imtihoni natijalari imtihon o'tkazilgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida Agentlikning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.

2. O'quvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo'lgan taqdirda natija e'lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.