Qabul qilish tartibi

Prezident iqtidorli farzandlari Milliy dasturiga tegishli sinfni tamomlagan o'quvchilar qabul qilinadi.

1
bosqich
Hujjatlar onlayn tarzda ariza.piima.uz veb-sayti va my.gov.uz portali orqali qabul komissiyasiga topshiriladi

1. O'quvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati

2. O'quvchining tug'ilganlik to'g'risida guvohnomasi

3. O'quvchining ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti yoki ID kartasi ma'lumotlari, bog'lanish uchun mobil telefon raqamlari

4. O'quvchining fan olimpiadalaridagi yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (mavjud bo'lsa)

5. Imtihon shartlari va talablariga oid onlayn oferta ota-ona yoki qonuniy vakil tomonidan tasdiqlanadi

2
bosqich
Imtihon bosqichlari

Imtihon bir bosqichda quyidagi fanlardan o'tkaziladi

  • Ingliz tili fanidan 40 ta test, Matematika fanidan 40 ta test

Har bir fan bo'yicha topshiriqlar murakkablik darajasiga qarab uch toifaga bo'linadi

  • 8 ta yengil darajadagi topshiriqlar — A toifa
  • 24 ta o'rtacha darajadagi topshiriqlar — B toifa
  • 8 ta murakkab darajadagi topshiriqlar — C toifa
3
bosqich
Nomzodlarning umumiy ballari bo'yicha ro'yxatini e'lon qilish

1. Imtihon natijalari imtihon o'tkazilgan kundan boshlab 10 (o'n) ish kuni mobaynida e'lon qilinadi.

2. Imtihon natijalari qayta ko'rib chiqilmaydi. Imtihon natijalari bo'yicha imtihon materiallari nomzodlarga berilmaydi.