Qabul qilish tartibi

Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug'bek va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ularning hududlardagi filiallariga belgilangan kvota doirasida tegishli sinfni tamomlagan o'quvchilar qabul qilinadi.

1
bosqich
Hujjatlar onlayn tarzda ariza.piima.uz veb-sayti va my.gov.uz portali orqali qabul komissiyasiga topshiriladi

1. O'quvchining oxirgi 2 oyda tushgan fotosurati

2. O'quvchining tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi, ota-onasi yoki qonuniy vakilining pasport ma'lumotlari va telefon raqamlari

3. Imtihon shartlari va talablariga oid onlayn oferta ota-ona yoki qonuniy vakil tomonidan tasdiqlanadi

2
bosqich
Imtihon bosqichlari

Axborot texnologiyalari yo'nalishi bo'yicha

  • 5-sinflar uchun matematika (30 ta topshiriq, shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo'naltirilgan), ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o'tkaziladi.

Biologiya va kimyo yo'nalishi bo'yicha

  • 7-sinflar uchun tabiiy (science) fan (30 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanidan (jami 45 ta) test shaklida o'tkaziladi.

Fizika va astronomiya yo'nalishi bo'yicha

  • 7-sinflar uchun matematika (30 ta topshiriq, shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo'naltirilgan), ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o'tkaziladi.
3
bosqich
Nomzodlarning umumiy ballari bo'yicha ro'yxatini e'lon qilish

1. Kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida Agentlik va ixtisoslashtirilgan maktablarning rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinadi.

2. O'quvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo'lgan taqdirda natija e'lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.