Qabul qilish tartibi

Ijod maktablariga belgilangan kvota doirasida tegishli sinfni tamomlagan o'quvchilar qabul qilinadi.

1
bosqich
Hujjatlar onlayn tarzda ariza.piima.uz veb-sayti va my.gov.uz portali orqali qabul komissiyasiga topshiriladi

1. O'quvchining oxirgi 2 oyda tushgan fotosurati

2. O'quvchining tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi

3. O'quvchining ota-onasi yoki qonuniy vakili fuqarolik pasporti ma'lumotlari, bog'lanish uchun telefon raqamlari

4. Imtihon shartlari va talablariga oid onlayn oferta ota-ona yoki qonuniy vakil tomonidan tasdiqlanadi

2
bosqich
Imtihon bosqichlari

Ona tili va adabiyot yo'nalishi bo'yicha

  • Birinchi bosqich: ijodiy matn yaratish
  • Ikkinchi bosqich: ijodiy suhbat
  • Uchinchi bosqich: jami 50 ta test — ona tili va adabiyot fanidan 20 ta test; ingliz tili fanidan 15 ta test; intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo'yicha 15 ta test.

Xorijiy tillar yo'nalishi bo'yicha

  • Birinchi bosqich: xorijiy tilda ijodiy matn yaratish (ingliz, nemis, fransuz tillaridan birida)
  • Ikkinchi bosqich: ijodiy suhbat (ingliz, nemis, fransuz tillaridan birida)
  • Uchinchi bosqich: jami 50 ta test — ingliz tili fanidan 20 ta test; ona tili va adabiyot fanidan 15 ta test; intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo'yicha 15 ta test.
3
bosqich
Nomzodlarning umumiy ballari bo'yicha ro'yxatini e'lon qilish

1. Kirish imtihonlarining yakuniy natijalari test sinovlari o'tkazilgan kundan keyin 20 kun ichida Agentlik hamda ijod maktablarining rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinadi.

2. O'quvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo'lgan taqdirda natija e'lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.