logologo
Bosh sahifa
Prezident maktablariIjod maktablariIxtisoslashtirilgan maktablarTayanch ixtisoslashtirilgan maktablarSport maktablariAl-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatMuhandislik maktablariMilliy dastur
Natijalar ro'yxatiPrezident maktablari saralash imtihonlariAl-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati
Maktablarga qabul qilish tartibiQabul kvotalariImtihon materiallari spetsifikatsiyasi
Yangiliklar
Shaxsiy kabinetAriza topshirish
logologo

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining rasmiy ariza qabul portali.

Portal

  • Bosh sahifa
  • Ariza topshirish
  • Shaxsiy kabinet

Yordam

  • Foydalanish shartlari
  • Maxfiylik siyosati

Aloqa

  • 1206— Call-markaz
  • +998 (71) 207-20-17
  • info@piima.uz
  • Toshkent shahri, Mirobod tumani

© 2026 PIIMA. Barcha huquqlar himoyalangan.

ariza.piima.uz

2026/2027-o‘quv yilidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Barcha yangiliklar

2026/2027-o‘quv yilidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

23-iyun, 20265981 ko'rilgan

#qabul_2026

DIQQAT, E’LON!

2026/2027-o‘quv yilidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

 

Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 2026-yil 1-iyundan 15-iyunga qadar 5-, 6- va 7-sinflarga ariza.piima.uz hamda my.gov.uz platformalari orqali onlayn tarzda amalga oshirildi.

Qabul jarayonida maktab-internatga o‘qishga kirish istagini bildirgan talabgorlardan jami 22315 ta ariza kelib tushdi.



Prezident maktablarida qo‘llanilayotgan ilg‘or tajriba asosida Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilishning shaffof, adolatli va xolis tizimini joriy etish maqsadida Cambridge Assessment xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

5–7-sinflar uchun kirish imtihonlari bir bosqichda quyidagi fanlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

✅ Matematika fanidan:
16 ta tanqidiy fikrlash (Critical Thinking);
24 ta muammoni yechish (Problem Solving).
Jami: 40 ta test savol.

✅ Ingliz tili fanidan:
Matn bilan ishlash (Reading component);
Grammatika (Grammar component).
Jami: 40 ta test savol.

Kirish imtihonlari xalqaro standartlar asosida, ochiqlik, adolat va shaffoflik tamoyillariga muvofiq tashkil etiladi.