AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLAR ODDIY MAKTABLARDAN NIMASI BILAN FARQ QILADI?
Barcha yangiliklar

AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLAR ODDIY MAKTABLARDAN NIMASI BILAN FARQ QILADI?

16-may, 2026113 ko'rilgan


2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar

🔴 SAVOL: AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLAR ODDIY MAKTABLARDAN NIMASI BILAN FARQ QILADI?

✅ JAVOB: Agentlik tizimidagi maktablar, avvalo, ta’lim dasturlari bilan farq qiladi. Bu maktablarda o‘quvchilar dunyo miqyosida tan olingan Xalqaro Kembridj ta’lim dasturlari asosida o‘qitiladi.

⏺ Dasturning afzalliklari:

➡️ kompetensiyaga asoslanganligi;

➡️ xalqaro standartlarga mos ta’lim modeli;

➡️ o‘quvchida tanqidiy fikrlashni shakllantirishi;

➡️ muammoni yechish va mulohaza yuritish ko‘nikmalari;

➡️ tahlil qilish va g‘oyalarni shakllantirish qobiliyati;

➡️ muloqot va taqdimot ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi.

⏺Yaratilgan sharoitlar:

➡️ zamonaviy moddiy-texnik baza bilan ta’minlanganligi;

➡️ darslar yuqori bilim va tajribaga ega saralangan o‘qituvchilar tomonidan olib borilishi;

➡️ chuqurlashtirib o‘qitiladigan fanlar va to‘garaklar mavjudligi;

➡️ mutlaqo bepul ovqatlanish va yotoqxona xizmatlari mavjudligi;

➡️ oliy ta’limga qamrov yuqoriligi;

➡️ shuningdek, olimpiada, musobaqa hamda turli tanlovlardagi yutuqlar soni bilan boshqa maktablardan ajralib turishi.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun -  Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin