
Barcha yangiliklar
AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARDA O‘QISH PULLIKMI?
9-may, 2026152 ko'rilgan
📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar
🔴 SAVOL: AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARDA O‘QISH PULLIKMI?
✅ JAVOB: Agentlik tizimidagi maktablarda o‘qish mutlaqo bepul bo‘lib, o‘quvchilarning ta’lim olishi, yotoqxona va ovqatlanish bilan bog‘liq xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi.
🔴 SAVOL: AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HUJJATLAR QABULI QACHON BOSHLANADI?
✅ JAVOB: 2026/2027-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi maktablarga hujjatlar qabuli may-iyun oylarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.