logologo
Bosh sahifa
Prezident maktablariIxtisoslashtirilgan maktablarTayanch ixtisoslashtirilgan maktablarSport maktablariAl-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatMuhandislik maktablariMilliy dastur
Natijalar ro'yxati"Prezident iqtidorli farzandlari" tashabbusini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dasturIjod maktablariSport maktablariga kirish imtihonlari natijalariJasorat maktablariPrezident maktablari saralash imtihonlariAl-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiXorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Maktablarga qabul qilish tartibiQabul kvotalariImtihon materiallari spetsifikatsiyasi
Yangiliklar
Shaxsiy kabinetAriza topshirish
logologo

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining rasmiy ariza qabul portali.

Portal

  • Bosh sahifa
  • Ariza topshirish
  • Shaxsiy kabinet

Yordam

  • Foydalanish shartlari
  • Maxfiylik siyosati

Aloqa

  • 1206— Call-markaz
  • +998 (71) 207-20-17
  • info@piima.uz
  • Toshkent shahri, Mirobod tumani

© 2026 PIIMA. Barcha huquqlar himoyalangan.

ariza.piima.uz

AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HAR YILI NECHA NAFARDAN O‘QUVCHI QABUL QILINADI, UMUMAN OLGANDA MAKTABLARNING QABUL REJASI QANDAY TARTIBDA SHAKLLANTIRILADI?
Barcha yangiliklar

AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HAR YILI NECHA NAFARDAN O‘QUVCHI QABUL QILINADI, UMUMAN OLGANDA MAKTABLARNING QABUL REJASI QANDAY TARTIBDA SHAKLLANTIRILADI?

16-may, 2026316 ko'rilgan

2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar

🔴 SAVOL: AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HAR YILI NECHA NAFARDAN O‘QUVCHI QABUL QILINADI, UMUMAN OLGANDA MAKTABLARNING QABUL REJASI QANDAY TARTIBDA SHAKLLANTIRILADI?

✅ JAVOB: Agentlik tizimidagi maktablarning qabul rejasi, ya’ni kvotasi Agentlik tomonidan belgilanadi. Xususan, qabul kvotasini shakllantirish jarayonida har bir maktabning quvvati va sig‘imi inobatga olinadi. Shunga ko‘ra, ayrim maktablarga 1 ta sinf, ayrim maktablarga 2 ta va undan ortiq sinflar uchun o‘quvchilar qabul qilinishi rejalashtiriladi.

Har bir maktab uchun shakllantirilgan qabul kvotasi Agentlik tomonidan tasdiqlanadi hamda hujjatlar qabuli boshlanishidan oldin rasmiy kanallar va ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqqa e’lon qilinadi.

Jumladan:
➡️ Prezident maktablariga 2 ta sinfga 12 nafardan jami 24 nafar;

➡️ ijod maktablarining har bir sinfiga 20 nafar;

➡️ ixtisoslashtirilgan va sport maktablarining har bir sinfiga 24 nafar;

➡️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning har bir sinfiga 24 nafar;

➡️ Mirzo Ulug‘bek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning har bir sinfiga 20 nafar;

➡️ Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga 60 nafar;

➡️ shuningdek, maktablardagi mavjud bo‘sh o‘rinlarga o‘quvchilar qabul qilinadi.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun -  Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.