logologo
Bosh sahifa
Prezident maktablariIxtisoslashtirilgan maktablarTayanch ixtisoslashtirilgan maktablarSport maktablariAl-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatMuhandislik maktablariMilliy dastur
Natijalar ro'yxati"Prezident iqtidorli farzandlari" tashabbusini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dasturIjod maktablariSport maktablariga kirish imtihonlari natijalariJasorat maktablariPrezident maktablari saralash imtihonlariAl-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiXorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Maktablarga qabul qilish tartibiQabul kvotalariImtihon materiallari spetsifikatsiyasi
Yangiliklar
Shaxsiy kabinetAriza topshirish
logologo

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining rasmiy ariza qabul portali.

Portal

  • Bosh sahifa
  • Ariza topshirish
  • Shaxsiy kabinet

Yordam

  • Foydalanish shartlari
  • Maxfiylik siyosati

Aloqa

  • 1206— Call-markaz
  • +998 (71) 207-20-17
  • info@piima.uz
  • Toshkent shahri, Mirobod tumani

© 2026 PIIMA. Barcha huquqlar himoyalangan.

ariza.piima.uz

AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARGA O‘QUVCHILAR NECHANCHI SINFDAN QABUL QILINADI?
Barcha yangiliklar

AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARGA O‘QUVCHILAR NECHANCHI SINFDAN QABUL QILINADI?

16-may, 2026653 ko'rilgan

2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar

🔴 SAVOL: AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARGA O‘QUVCHILAR NECHANCHI SINFDAN QABUL QILINADI?

✅ JAVOB: Agentlik tizimida bir necha turdagi maktablar mavjud bo‘lib, maktab turiga qarab belgilangan sinflarga o‘quvchilar qabul qilinadi.

Jumladan, quyidagi sinflarga o‘quvchilarning hujjatlari qabul qilinadi:

➡️ Prezident maktablariga umumta’lim maktablarining 4-sinfini bitirgan o‘quvchilar 5-sinfga;

➡️ ijod maktablariga 7-sinfga;

➡️ ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining aniq fanlar yo‘nalishiga 5-sinfga, tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7-sinfga;

➡️ Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga 9-sinfga (Prezident maktabi o‘quvchilari bundan mustasno);

➡️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga va uning hududlardagi filiallariga 5-sinfga;

➡️ Mirzo Ulug‘bek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ularning hududlardagi filiallariga 7-sinfga;

➡️ yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarga birinchi oʻquv yili uchun aniq fanlar yoʻnalishiga 5–10-sinflarga, tabiiy fanlar yoʻnalishiga 7–10-sinflarga;

➡️ Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5-sinfga;

➡️ Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 1-sinfga;

➡️ o‘quv yili yakuniga ko‘ra maktablarning tegishli sinflaridagi mavjud bo‘sh o‘rinlarga;

➡️ “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturga umumta’lim maktablarining 9-sinfini tamomlagan o‘quvchilarning hujjatlari qabul qilinadi (Agentlik tizimidagi maktab o‘quvchilari bundan mustasno).

☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun -  Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin