
📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar
🔴 SAVOL: IJOD MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI?
✅ JAVOB: Ijod maktablariga kirish imtihonlari 7-sinflar uchun quyidagi uch bosqichda oʻtkaziladi:
- birinchi bosqich — ijodiy matn yaratish;
- ikkinchi bosqich — ijodiy suhbat;
- uchinchi bosqich — ona tili va adabiyoti (20 ta topshiriq), ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan hamda intellektual qobiliyat darajasi boʻyicha (15 ta topshiriq) jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida oʻtkaziladi (Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi bundan mustasno).
✅ Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi uchun kirish imtihonlari:
🎤 birinchi bosqich — ijodiy matn yaratish;
🎤 ikkinchi bosqich — ijodiy suhbat;
🎤 uchinchi bosqich — ingliz tili (20 ta topshiriq), ona tili va adabiyoti (15 ta topshiriq) fanlaridan hamda intellektual qobiliyat darajasi boʻyicha (15 ta topshiriq) jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida oʻtkaziladi.