Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
Barcha yangiliklar

Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

9-may, 2026878 ko'rilgan


✅ IJOD MAKTABLARI 2026/2027-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablariga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 15-maydan 4-iyungacha ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

❓Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

Ijod maktablariga ariza topshirish uchun o‘quvchilarning:
- oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati,
- tug‘ilganlik haqida guvohnomasi (ya’ni metrikasi),
- ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti (ID-kartasi) ma’lumotlari,
- bog‘lanish uchun telefon raqamlari talab qilinadi.

❓Ijod maktablarining nechanchi sinflariga qabul qilinadi?

- Ijod maktablariga 6-sinfni tugatgan oʻquvchilar 7-sinfga;
- shuningdek, mavjud bo‘sh o‘rinlarga qabul qilinadi.

☎️ Call-markaz: 1206