
✅ IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR 2026/2027-OʻQUV YILI UCHUN QABULNI EʼLON QILADI!
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 15-maydan 4-iyungacha ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
❓Ixtisoslashtirilgan maktablarga qanday hujjatlar talab etiladi?
- oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurat;
- tug‘ilganlik haqida guvohnoma (metrika);
- ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti (ID-kartasi) ma’lumotlari;
- bog‘lanish uchun telefon raqamlari talab qilinadi.
❓Ixtisoslashtirilgan maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining:
- aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfiga;
- tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfiga;
- shuningdek, mavjud bo‘sh o‘rinlariga o‘quvchilar qabul qilinadi.
☎️ Call-markaz: 1206