
📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar
🔴 SAVOL: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI?
✅ JAVOB: Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari yo‘nalishlar bo‘yicha bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi.
✅ Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
- 5–7-sinflar uchun matematika (30 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq);
- 8–11-sinflar uchun algebra (12 ta topshiriq), geometriya (8 ta topshiriq), fizika (10 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi.
✅ Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
- 7-sinflar uchun tabiiy fanlar (science) (30 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq);
- 8–11-sinflar uchun biologiya (10 ta topshiriq), kimyo (20 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi.