
📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar
✅ SAVOL: IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDA QANDAY TURDAGI MAKTABLAR FAOLIYAT YURITADI?
✅ JAVOB: Bugungi kunda Agentlik tizimida jami 228 ta maktab faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ushbu maktablar quyidagilarni tashkil etadi:
⚪️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida 14 ta Prezident maktabi,
⚪️ hududlarda 9 ta ijod maktabi,
⚪️ tuman (shahar)larda 199 ta hududiy ixtisoslashtirilgan maktab.
Shuningdek:
⚪️ 3 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktab (Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek),
⚪️2 ta sport maktabi (Bahodir Jalolov nomidagi boksga va Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan maktablar),
⚪️Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati.