logologo
Bosh sahifa
Prezident maktablariIjod maktablariIxtisoslashtirilgan maktablarTayanch ixtisoslashtirilgan maktablarSport maktablariAl-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatMuhandislik maktablariMilliy dastur
Maktablarga qabul qilish tartibiQabul kvotalariImtihon materiallari spetsifikatsiyasi
Yangiliklar
Shaxsiy kabinetAriza topshirish
logologo

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining rasmiy ariza qabul portali.

Portal

  • Bosh sahifa
  • Ariza topshirish
  • Shaxsiy kabinet

Yordam

  • Foydalanish shartlari
  • Maxfiylik siyosati

Aloqa

  • 1206— Call-markaz
  • +998 (71) 207-20-17
  • info@piima.uz
  • Toshkent shahri, Mirobod tumani

© 2026 PIIMA. Barcha huquqlar himoyalangan.

ariza.piima.uz

IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARDA TA’LIM QAYSI TILLARDA OLIB BORILADI?
Barcha yangiliklar

IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARDA TA’LIM QAYSI TILLARDA OLIB BORILADI?

9-may, 2026608 ko'rilgan


📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar

🔴 SAVOL: IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARDA TA’LIM QAYSI TILLARDA OLIB BORILADI?

✅ JAVOB: Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda ta’lim o‘zbek, qoraqalpoq, ingliz va rus tillarida olib boriladi.

Jumladan:

⏺ Prezident maktablarida taʼlim jarayoni STEM (matematika, fizika, kimyo, kompyuter ta’limi, biologiya, tabiiy fanlar, zamonaviy yondashuv) fanlaridan ingliz tilida, umumta’lim fanlari (ona tili, tarix, tarbiya, geografiya, san’at, jismoniy tarbiya, musiqa, madaniyat, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik) o‘zbek tilida;
⏺ ijod maktablarida ta’lim o‘zbek (Ibrayim Yusupov nomidagi ijod maktabida qoraqalpoq, Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o‘zbek va ingliz) tillarida;
⏺ sport maktablarida:
⏺ Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida o‘zbek tilida;
⏺ Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida rus tilida;
⏺ ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘zbek (Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘zbek va qoraqalpoq) tillarida;
⏺ Toshkent shahridagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarda:
⏺ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘zbek tilida;
⏺ Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘zbek va rus tillarida;
⏺ Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatida IB fan guruhiga kiruvchi fanlar (ingliz tili, xalqaro siyosat, biznes menejment, iqtisodiyot, kimyo, biologiya, fizika, kompyuter ta’limi, matematika) ingliz tilida, umumta’lim fanlari (O‘zbekiston tarixi, tarbiya, jismoniy tarbiya, o‘zbek tili va adabiyoti) o‘zbek tilida o‘qitiladi.