IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI SPORT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRISHDA QANDAY HUJJATLAR TALAB QILINADI?
Barcha yangiliklar

IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI SPORT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRISHDA QANDAY HUJJATLAR TALAB QILINADI?

9-may, 202697 ko'rilgan


📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar

🔴 SAVOL: IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI SPORT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRISHDA QANDAY HUJJATLAR TALAB QILINADI?

✅ JAVOB: Sport maktablariga ariza topshirish uchun o‘quvchilarning:

⏺ oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati,
⏺ o‘quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi (mavjud bo‘lsa, ID-kartasi);
⏺ uning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti (ID-kartasi) ma’lumotlarii;
⏺ bog‘lanish uchun telefon raqamlari;
⏺ 086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnomai;
⏺ sport razryadi yoki unvonini tasdiqlovchi hujjatning hamda sport razryadi yoki unvoni tasdiqlangani to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma nusxalari;
⏺ O‘zbekiston chempionati va kuboklarida qabul yili va undan oldingi bir yil davomida g‘olib va sovrindor bo‘lganini tasdiqlovchi diplom talab qilinadi.


🔴 SAVOL: IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI SPORT MAKTABLARINING QAYSI SINFLARIGA NECHA NAFAR O‘QUVCHI QABUL QILINADI?

✅ JAVOB: Sport maktablariga o‘quvchilar Agentlik tomonidan belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida quyidagicha qabul qilinadi:

⏺Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 1-sinfiga 24 nafargacha;
⏺Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 5-sinfiga 24 nafargacha o‘quvchilar qabul qilinadi.