
TALABGORLAR DIQQATIGA!
Kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarga ruxsatnomani yuklab olish bo‘yicha SMS-xabarnomalar yuborilmoqda.
Ruxsatnomani yuklab olgach, undagi quyidagi ma’lumotlarni diqqat bilan tekshirib chiqing:
✅ Imtihon topshiriladigan maktab turi;
✅ Talabgorning shaxsiy ma’lumotlari;
✅ Imtihon o‘tkaziladigan bino nomi va manzili;
✅ Imtihon o‘tkaziladigan sana va boshlanish vaqti.
‼️ MUHIM!
Talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari so‘raladi.
Hurmatli ota-onalar va talabgorlar!
Imtihon jarayonlarining belgilangan tartibda va o‘z vaqtida tashkil etilishini ta’minlash maqsadida belgilangan vaqtlarga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.