logologo
Bosh sahifa
Prezident maktablariIxtisoslashtirilgan maktablarTayanch ixtisoslashtirilgan maktablarSport maktablariAl-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatMuhandislik maktablariMilliy dastur
Natijalar ro'yxati"Prezident iqtidorli farzandlari" tashabbusini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dasturIjod maktablariSport maktablariga kirish imtihonlari natijalariJasorat maktablariPrezident maktablari saralash imtihonlariAl-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiXorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Maktablarga qabul qilish tartibiQabul kvotalariImtihon materiallari spetsifikatsiyasi
Yangiliklar
Shaxsiy kabinetAriza topshirish
logologo

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining rasmiy ariza qabul portali.

Portal

  • Bosh sahifa
  • Ariza topshirish
  • Shaxsiy kabinet

Yordam

  • Foydalanish shartlari
  • Maxfiylik siyosati

Aloqa

  • 1206— Call-markaz
  • +998 (71) 207-20-17
  • info@piima.uz
  • Toshkent shahri, Mirobod tumani

© 2026 PIIMA. Barcha huquqlar himoyalangan.

ariza.piima.uz

O‘QUVCHI RESPUBLIKADAGI XOHLAGAN PREZIDENT MAKTABIGA HUJJAT TOPSHIRA OLADIMI?
Barcha yangiliklar

O‘QUVCHI RESPUBLIKADAGI XOHLAGAN PREZIDENT MAKTABIGA HUJJAT TOPSHIRA OLADIMI?

9-may, 2026532 ko'rilgan


📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar

🔴 SAVOL: O‘QUVCHI RESPUBLIKADAGI XOHLAGAN PREZIDENT MAKTABIGA HUJJAT TOPSHIRA OLADIMI?

✅ JAVOB: Yo‘q. O‘quvchilar faqat ta’lim olayotgan hududdagi Prezident maktabiga hujjat topshirishi mumkin. Misol uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi maktab oʻquvchilari faqat Nukus shahridagi Prezident maktabiga, Andijon viloyatidagi maktab oʻquvchilari esa faqat Andijon shahridagi Prezident maktabiga hujjat topshirishlari mumkin.


🔴 SAVOL: PREZIDENT MAKTABIGA HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN O‘QUVCHINING BAHOLARIGA QANAQA TALAB QO‘YILADI?

✅ JAVOB: Talabgor o‘quvchining matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik bahosi 5 (aʻlo) boʻlishi kerak. Boshqa fanlarga nisbatan ushbu mezon tatbiq etilmaydi. Baholar tabelining nusxasi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan boʻlishi shart.