“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturiga kirish imtihonlari qaysi fanlardan va qanday tartibda oʻtkaziladi?
Barcha yangiliklar

“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturiga kirish imtihonlari qaysi fanlardan va qanday tartibda oʻtkaziladi?

2-iyun, 202612036 ko'rilgan


📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar

🔴 SAVOL: “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturiga kirish imtihonlari qaysi fanlardan va qanday tartibda oʻtkaziladi?

✅ JAVOB: Imtihon bir bosqichda matematika va ingliz tili fanlaridan davlat tilida (Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻzbek yoki qoraqalpoq tilida) oʻtkaziladi.

Imtihon har bir fandan 40 tadan test topshirigʻini oʻz ichiga olgan holda oʻtkaziladi.

Har bir fan boʻyicha topshiriqlar murakkablik darajasiga qarab uch toifaga boʻlinadi:

- 8 ta yengil darajadagi topshiriqlar – A toifa;

- 24 ta oʻrtacha darajadagi topshiriqlar – B toifa;

- 8 ta murakkab darajadagi topshiriqlar – C toifa.

Bunda barcha topshiriqlarni yechish uchun 130 daqiqa vaqt ajratiladi.
Imtihon natijalari 80 ballik shkalada baholanadi.