logologo
Bosh sahifa
Prezident maktablariIjod maktablariIxtisoslashtirilgan maktablarTayanch ixtisoslashtirilgan maktablarSport maktablariAl-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatMuhandislik maktablariMilliy dastur
Maktablarga qabul qilish tartibiQabul kvotalariImtihon materiallari spetsifikatsiyasi
Yangiliklar
Shaxsiy kabinetAriza topshirish
logologo

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining rasmiy ariza qabul portali.

Portal

  • Bosh sahifa
  • Ariza topshirish
  • Shaxsiy kabinet

Yordam

  • Foydalanish shartlari
  • Maxfiylik siyosati

Aloqa

  • 1206— Call-markaz
  • +998 (71) 207-20-17
  • info@piima.uz
  • Toshkent shahri, Mirobod tumani

© 2026 PIIMA. Barcha huquqlar himoyalangan.

ariza.piima.uz

“PREZIDENT IQTIDORLI FARZANDLARI” TASHABBUSINI QOʻLLAB-QUVVATLASH BOʻYICHA MILLIY DASTURNING VAZIFASI NIMA VA UNGA KIMLAR QABUL QILINADI?
Barcha yangiliklar

“PREZIDENT IQTIDORLI FARZANDLARI” TASHABBUSINI QOʻLLAB-QUVVATLASH BOʻYICHA MILLIY DASTURNING VAZIFASI NIMA VA UNGA KIMLAR QABUL QILINADI?

16-may, 20261415 ko'rilgan

2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar

🔴 SAVOL: “PREZIDENT IQTIDORLI FARZANDLARI” TASHABBUSINI QOʻLLAB-QUVVATLASH BOʻYICHA MILLIY DASTURNING VAZIFASI NIMA VA UNGA KIMLAR QABUL QILINADI?

✅ JAVOB: Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan 2025-yilda “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dastur tashkil etildi.

Milliy dasturni tashkil etishdan maqsad:

➡️ iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash, ularni saralash va yetakchi xalqaro oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun tizimli tayyorlash;

➡️ tajribali xorijiy ustozlar jalb etgan holda intensiv taʼlim berish;

➡️ iqtidorli yoshlarni yagona platformaga birlashtirish orqali ularning oʻzaro hamkorligi, tajriba almashinuvi va intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun samarali muhit yaratish;

➡️ yoshlar bilan manzilli ishlash orqali global mehnat bozorida raqobatbardosh boʻlgan mutaxassislar tayyorlash;

➡️ shuningdek, mamlakat taraqqiyoti uchun yangi innovatsion imkoniyatlar yaratishdan iborat.

⚫️ Milliy dasturga har yili respublika boʻylab xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqishga salohiyati mavjud boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining joriy 9-sinf bitiruvchilari orasidan 1 500 nafargacha nomzod imtihonlar asosida saralab olinadi.

⚫️ Milliy dastur doirasida saralab olingan oʻquvchilar Agentlik tizimidagi maktab maslahatchilariga biriktiriladi va maxsus platforma orqali 10-11-sinflarda taʼlim olish davrida ular uchun xalqaro top darajadagi oliygohlarga kirish boʻyicha qoʻshimcha oʻqish tashkil etiladi.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz yoki savolingizni @piftuzbot botiga yo'llashingiz mumkin.