
PREZIDENT MAKTABLARI 2026/2027-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!
🎓 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 25-maydan – 14-iyunga qadar ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
❓Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
Prezident maktablariga ariza topshirish uchun o‘quvchilarning:
⚫️oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati,
⚫️tug‘ilganlik haqida guvohnomasi (ya’ni metrikasi),
⚫️tegishli oʻquv yili natijalariga koʻra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi yoki QR-kod bilan tasdiqlangan elektron tabel,
⚫️ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti ma’lumotlari,
⚫️bog‘lanish uchun telefon raqamlari talab qilinadi.
❗️DIQQAT
Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari “5” (aʼlo) boʻlishi lozim.
❓Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
⚫️ Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun - Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin