logologo
Bosh sahifa
Prezident maktablariIjod maktablariIxtisoslashtirilgan maktablarTayanch ixtisoslashtirilgan maktablarSport maktablariAl-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatMuhandislik maktablariMilliy dastur
Maktablarga qabul qilish tartibiQabul kvotalariImtihon materiallari spetsifikatsiyasi
Yangiliklar
Shaxsiy kabinetAriza topshirish
logologo

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining rasmiy ariza qabul portali.

Portal

  • Bosh sahifa
  • Ariza topshirish
  • Shaxsiy kabinet

Yordam

  • Foydalanish shartlari
  • Maxfiylik siyosati

Aloqa

  • 1206— Call-markaz
  • +998 (71) 207-20-17
  • info@piima.uz
  • Toshkent shahri, Mirobod tumani

© 2026 PIIMA. Barcha huquqlar himoyalangan.

ariza.piima.uz

PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI?
Barcha yangiliklar

PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI?

2-iyun, 20261886 ko'rilgan


📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar

🔴 SAVOL: PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI?

✅ JAVOB: Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda quyidagi fanlardan oʻtkaziladi:

✅ Birinchi bosqich — matematika fanidan (jami 30 ta topshiriq) test shaklida oʻtkaziladi.

Masalalar murakkablik darajasiga qarab uch toifaga boʻlinadi:

-10 ta yengil darajadagi savollar (A toifasi);

- 10 ta oʻrtacha darajadagi savollar (B toifasi);

- 10 ta murakkab darajadagi savollar (C toifasi).

Birinchi bosqich saralash imtihoni natijasiga koʻra qabul kvotasida belgilangan (24 ta o‘rin) har bir oʻringa 20 nafar hisobidan (har bir maktabda jami 480 nafar) maksimal ball toʻplab, saralangan oʻquvchilarga ikkinchi bosqichda ishtirok etishga ruxsat etiladi.

✅ Ikkinchi bosqich kirish imtihonlari quyidagi fanlardan test shaklida oʻtkaziladi:

🎤 matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish boʻyicha 40 ta test;

🎤 ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) boʻyicha 40 ta test savoli.