SPORT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI?
Barcha yangiliklar

SPORT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI?

2-iyun, 20262525 ko'rilgan

📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar

🔴 SAVOL: SPORT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI?

✅ JAVOB: Sport maktablarining kirish imtihonlari quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

✅ Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining kirish imtihoni ikki bosqichda o‘tkaziladi:

Birinchi bosqich — kasbiy (ijodiy) imtihon:

- umumjismoniy tayyorgarlik — 30 ball;

- maxsus jismoniy tayyorgarlik — 70 ball;

- kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazishda o‘quvchilarga baholash mezonlarida belgilanganidan boshqa qo‘shimcha imkoniyat berilmaydi.

Ikkinchi bosqich — test:

- psixologik test — 15 ta;

- intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha 20 ta test;

- jami 35 ta test topshirig‘i, har bir to‘g‘ri belgilangan test topshirig‘iga 1 balldan, jami 35 ball beriladi.

✅ Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi kirish imtihoni bir bosqichda, sport gimnastikasi turi bo‘yicha o‘tkaziladi.

Kasbiy (ijodiy) imtihon: