
📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar
🔴 SAVOL: SPORT MAKTABLARIGA KIRISH UCHUN O‘QUVCHILARGA IMTIYOZLAR BERILADIMI?
✅ JAVOB: Quyidagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan talabgor o‘quvchilar sport maktablariga imtiyoz bilan qabul qilinadi:
⏺ O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida gimnastika bo‘yicha o‘tkazilgan sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlari;
⏺O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionati va kuboklarining qabul yili va undan oldingi bir yil davomidagi g‘olib va sovrindorlari.
⏺ Bundan tashqari, sport razryadi yoki unvoniga ega sportchilar kirish imtihonlarining birinchi — umumjismoniy tayyorgarlik bosqichidan ozod etiladi hamda o‘quvchiga mazkur bosqich uchun belgilangan 30 ball to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shib beriladi.
🔴 SAVOL: BIZ OILAVIY XORIJDA YASHAYMIZ. FARZANDIM JORIY YILDA 4-SINFNI TAMOMLAYDI. U AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT VA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA HUJJAT TOPSHIRA OLADIMI?
✅ JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatdagi ta’lim muassasasida o‘qiyotgan farzandlari uchun Agentlik tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning tegishli sinflariga o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) doimiy yashash joyi bo‘yicha hujjat topshirishi mumkin.
Bunda o‘quvchilar ta’lim olayotgan muassasa tomonidan berilgan baholar tabelini (yoki shunga tenglashtirilgan rasmiy hujjatni) davlat tiliga tarjima qilingan va tegishli tartibda notarial idora tomonidan tasdiqlangan shaklda taqdim etadilar.