logologo
Bosh sahifa
Prezident maktablariIxtisoslashtirilgan maktablarTayanch ixtisoslashtirilgan maktablarSport maktablariAl-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatMuhandislik maktablariMilliy dastur
Natijalar ro'yxati"Prezident iqtidorli farzandlari" tashabbusini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dasturIjod maktablariSport maktablariga kirish imtihonlari natijalariJasorat maktablariPrezident maktablari saralash imtihonlariAl-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiXorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Maktablarga qabul qilish tartibiQabul kvotalariImtihon materiallari spetsifikatsiyasi
Yangiliklar
Shaxsiy kabinetAriza topshirish
logologo

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining rasmiy ariza qabul portali.

Portal

  • Bosh sahifa
  • Ariza topshirish
  • Shaxsiy kabinet

Yordam

  • Foydalanish shartlari
  • Maxfiylik siyosati

Aloqa

  • 1206— Call-markaz
  • +998 (71) 207-20-17
  • info@piima.uz
  • Toshkent shahri, Mirobod tumani

© 2026 PIIMA. Barcha huquqlar himoyalangan.

ariza.piima.uz

Sport maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
Barcha yangiliklar

Sport maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

9-may, 20261130 ko'rilgan


✅ SPORT MAKTABLARI 2026/2027-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 15-maydan 4-iyunga qadar ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

❓Sport maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

- oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurat;
- tug‘ilganlik haqida guvohnoma (metrika);
- 086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma;
- ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti (ID-kartasi) ma’lumotlari;
- bog‘lanish uchun telefon raqamlari;
- sport razryadi yoki unvonini tasdiqlovchi hujjat hamda sport razryadi yoki unvoni tasdiqlangani to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma nusxalari;
- O‘zbekiston chempionati va kuboklarida qabul yili va undan oldingi bir yil davomida g‘olib va sovrindor bo‘lganini tasdiqlovchi diplom.

Maʼlumot oʻrnida, sport maktablariga o‘quvchilar ikki bosqichda (kasbiy (ijodiy) imtihonlar va test sinovlari) qabul qilinadi. Har bir sinfda o‘quvchilar soni 12 nafardan kam bo‘lmagan, biroq 24 nafardan oshmagan holda belgilanadi.

Bunda sport razryadi yoki unvoniga ega sportchilar kirish imtihonlarining birinchi — umumjismoniy tayyorgarlik bosqichidan ozod etiladi hamda ularga mazkur bosqich uchun belgilangan 30 ball to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shib beriladi.

☎️ Call-markaz: 1206