logologo
Bosh sahifa
Prezident maktablariIxtisoslashtirilgan maktablarTayanch ixtisoslashtirilgan maktablarSport maktablariAl-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatMuhandislik maktablariMilliy dastur
Natijalar ro'yxati"Prezident iqtidorli farzandlari" tashabbusini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dasturIjod maktablariSport maktablariga kirish imtihonlari natijalariJasorat maktablariPrezident maktablari saralash imtihonlariAl-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiXorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Maktablarga qabul qilish tartibiQabul kvotalariImtihon materiallari spetsifikatsiyasi
Yangiliklar
Shaxsiy kabinetAriza topshirish
logologo

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining rasmiy ariza qabul portali.

Portal

  • Bosh sahifa
  • Ariza topshirish
  • Shaxsiy kabinet

Yordam

  • Foydalanish shartlari
  • Maxfiylik siyosati

Aloqa

  • 1206— Call-markaz
  • +998 (71) 207-20-17
  • info@piima.uz
  • Toshkent shahri, Mirobod tumani

© 2026 PIIMA. Barcha huquqlar himoyalangan.

ariza.piima.uz

TOPSHIRILGAN HUJJATLARDA KAMCHILIK ANIQLANGANDA (MASALAN, ADASHIB BOSHQA SHAXSNING MA’LUMOTLARI YUKLANGANDA) QANDAY CHORALAR KO‘RILADI?
Barcha yangiliklar

TOPSHIRILGAN HUJJATLARDA KAMCHILIK ANIQLANGANDA (MASALAN, ADASHIB BOSHQA SHAXSNING MA’LUMOTLARI YUKLANGANDA) QANDAY CHORALAR KO‘RILADI?

16-may, 20261572 ko'rilgan

2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar

🔴 SAVOL: TOPSHIRILGAN HUJJATLARDA KAMCHILIK ANIQLANGANDA (MASALAN, ADASHIB BOSHQA SHAXSNING MA’LUMOTLARI YUKLANGANDA) QANDAY CHORALAR KO‘RILADI?

✅ JAVOB: Hujjatlar topshirilgandan so‘ng:

➡️ ishchi guruh tomonidan 24 soat ichida ko‘rib chiqiladi;

➡️ bu vaqtda hujjatlar qabul qilinganligi, tahrirlashga yuborilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi.

Quyidagi kamchiliklar aniqlanganda hujjatlar tahrirlashga yuboriladi:

➡️ talab etilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmaganda;

➡️ taqdim etilgan hujjatlardagi yoki muhrdagi yozuvlar o‘qib bo‘lmaydigan darajada xira bo‘lsa.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga hujjatlarni qabul qilish muddati tugagunga qadar ruxsat beriladi.

Quyidagi hollarda o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish rad etiladi:

➡️ hujjatlar qabuli yakunlanganidan keyin kirish imtihonida ishtirok etish istagi bildirilganda;

➡️ taqdim etilgan hujjatlarning soxtaligi aniqlanganda;

➡️ umumiy o‘rta ta’lim muassasasining tegishli sinfida o‘qishni to‘liq tamomlagan o‘quvchilar tomonidan Agentlik tizimidagi maktabning shu sinfida takroran o‘qish istagi bildirilganda;

➡️ Prezident maktabiga hujjat topshirgan o‘quvchi matematika yoki tabiatshunoslik fanlaridan yillik “aʼlo” baholar olmaganda;

➡️ Prezident maktabiga hujjat topshirgan o‘quvchi chet el fuqarosi bo‘lganda.

⚫️ Hujjatlarni belgilangan muddatlarda to‘g‘ri va sifatli taqdim etish bo‘yicha mas’uliyat o‘quvchilarning ota-onasi yoki qonuniy vakili zimmasida bo‘ladi.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun -  Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin