
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul boshlandi!
Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan 15-iyungacha 5-, 6- va 7-sinflar uchun ariza.piima.uz va mygov.uz saytlari orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Kirish imtihonlari joriy yilning 26–27-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, 0- (tayyorlov guruhi), hamda 1-, 2-, 3- va 4-sinflar uchun qabul qilish tartibi va imtihon sanalari haqida qo‘shimcha ma’lumot alohida e’lon qilinadi.
Ushbu maktab istiqbolda 0-11-sinflarni qamrab oladi.